Fransiyaning Axborot tizimlari xavfsizligi milliy agentligi (ANSSI) 2024 yilda Parijda bo‘lib o‘tgan Olimpiada o‘yinlari vaqtida 141 ta kiberhujumni qayd etgan.
Xakerlar nishoni davlat va sport muassasalari, telekommunikatsiya va transport bo‘lgan. Xususan, Fransiya muzeylari, jumladan Luvr va Katta saroy (Grand Palais) kiberhujumlarga uchragan. Qayd etilishicha, ushbu kiberhujumlarning hech biri O‘yinlarga taʼsir qilmagan.
2024-08-16 16:56:48