O`zbekiston Respublikasi Ichki ishlar vazirligi Tezkor-qidiruv departamenti Kiberxavfsizlik markazi tomonidan internet tarmog`idan, xususan, ijtimoiy tarmoqlar, messenjerlar va boshqalardan xavfsiz foydalanishni targ`ib qilish, shuningdek, virtual olamda sodir etilayotgan zo`ravonliklarning oldini olishga qaratilgan juda ko`plab tadbirlar amalga oshirilmoqda.
Bu borada Birlashgan Millatlar Tashkilotining Bolalar jamg`armasi (UNICEF)ning O`zbekistondagi vakolatxonasi bilan Ichki ishlar vazirligi o`rtasida mustahkam hamkorlik yo`lga qo`yilgan.
Jumladan, Safeme loyihasi ham Ichki ishlar vazirligi va UNICEF o`rtasidagi o`zaro hamkorlikning namunasi hisoblanadi.