Ichki ishlar vazirligi tomonidan aholi, ayniqsa yoshlar, ta’lim muassasalari o`quvchilari o`rtasida Internet va ijtimoiy tarmoqlardan xavfsiz foydalanishlari bo`yicha ko`nikmalarini oshirishga qaratilgan turli tanlovlar o`tkazib kelinmoqda.
Ushbu tanlovlar davomida, virtual olamdan foydalanish tajribasiga ega, tengdoshlari o`rtasida Internetdan foydalanish madaniyatini faol targ`ib qilib kelayotgan yoshlar, o`smirlar va bolalar munosib taqdirlanib kelinmoqda.
Bu borada Ichki ishlar vazirligi boshqa vazirlik va idoralar, mahalliy hokimliklar, shu bilan birga UNICEF tashkiloti bilan mustahkam hamkorlik aloqalarini o`rnatgan.