“Google” kompaniyasining yangi sunʼiy intellekti oltin medal sohiblari darajasidagi geometrik masalalarni yechishni o‘rgandi
“Google” kompaniyasi “Evklid” geometriyasi masalalarini Xalqaro matematika olimpiadasi oltin medali sovrindorlari darajasida yecha oladigan sunʼiy intellekt tizimini yaratdi.
Yangi neyron tarmoq “AlphaGeometry” deb nomlanadi. U millionlab sintezlangan teorema va isbotlar ustida mashq qildi.
2024-01-22 18:41:08