“Google” qidiruv tizimida eng ko‘p qidirilgan “sleep” (uyqu) so‘zi 2023 yilda rekord darajaga yetdi

“Google” qidiruv tizimida eng ko‘p qidirilgan “sleep” (uyqu) so‘zi 2023 yilda rekord darajaga yetdi

     AQSHda katta yoshlilarning 37 foizi avvalgi yillarga qaraganda ancha yomon uxlashgan. Uchinchi yaʼni “Z” avlod (1997 va 2012 yilda tug‘ilganlar) esa ro‘yxatda birinchi o‘rinda bo‘lib, aynan ular internetdan qanday qilib uxlashni ko‘p izlashgan.

     Uyqusizlikning asosiy sabablari: stress, kun va ovqatlanish rejimini buzilishi, kofein ko‘p isteʼmol qilish. Shuningdek, uyqudan oldin hayajonli film tomosha qilish va qiziqarli kitob o‘qish ham uyqusizlikka olib kelishi mumkin.

2024-01-13 10:51:47