Xitoy smartfonlar uchun 50 yilga yetadigan yadro quvvatlagichni (batareya) yaratdi
Xitoyning “Betavolt” kompaniyasi “BB100” ixcham yadro quvvatlagichni (batareya) eʼlon qildi. Uning o‘lchamlari 15x15x5 mm. (tangadan kichik). U 100 mikrovatt quvvat va 3 vattli kuchlanish ishlab chiqarishi mumkin. Kompaniyaning fikricha, bu 50 yillik uzluksiz ishlash uchun yetarli.
Kompaniya smartfonlar, dronlar, tibbiy uskunalar, aerokosmik va boshqalarda foydalanish uchun ushbu quvvatlagichni (batareya) ishlab chiqarishini yo‘lga qo‘yish niyatida.
Taʼkidlanishicha, quvvatlagich (batareya) "mutlaqo xavfsiz va tashqi nurlanishga ega emas" va -60° dan 120° gacha bo‘lgan haroratga ham bardosh bera oladi.
“Betavolt” kompaniyasining vakillari 2025 yilgacha 1 vattli versiyani chiqarishni rejalashtirmoqda
2024-01-13 10:11:37