LG kompaniyasi Gram Style o‘zining birinchi shisha noutbukini chiqardi. Ramka alyuminiydan tayyorlangan. Ekran, old panel, klaviatura uchun “substrat” shishadan qilingan.
Yana bir o‘ziga xosligi - shaffof “trekpad” bo‘lib tinch holatda u ko‘rinmaydi, lekin unga tegsangiz, orqa qismda yorug‘lik paydo bo‘ladi. Dizayniga kelsak, turli yorug‘lik sharoitida rangini o‘zgartiradigan maxsus bo‘yoq va eng so‘nggi iPhonedagi kabi kesilgan qirralarga ega.
16 dyuymli OLED-ekran yupqa va yengil korpusga (1,2 kg) sig‘adi. Narxi, shuningdek, sotuvlarni boshlash vaqti e’lon qilinmagan.