Suv ostiga sho‘ng‘iy oladigan dron ishlab chiqildi

PetaPixel saytining 2023 yil 14 fevral kuni bergan xabariga ko‘ra TJ-FlyingFish deb nomlangan dron Xitoyning Shanxay Intellektual avtonom tizimlar ilmiy-tadqiqot instituti, Tongji universiteti va Gongkongdagi Xitoy universiteti qoshida uchuvchisiz tizimlar tadqiqot guruhi olimlari va tadqiqotchilari tomonidan ishlab chiqilgan.

Loyihaning maqsadi yerdagi ikkita muhitda harakatlanishga qodir bo‘lgan ikkilamchi havo va suv dronini yaratish va hozirda faqat havoda yoki faqat suvda ishlovchi dronlardan foydalanish imkoniyatlarini sezilarli darajada kengaytirish hisoblanadi.

TJ-FlyingFish to‘liq inson aralashuvisiz ishlash uchun mo‘ljallangan va to‘liq avtonomdir. Bu esa dronning tayyor versiyasidan foydalanish imkoniyatini oshiradi. U uchuvchiga muhtoj emasligi sababli, suv ostida ham, yuqorida ham har xil turdagi tadqiqotlar uchun foydali bo‘lishi mumkin.


2023-08-02 07:48:21