«Magic Adventures Microscope» bilan yangi olamlarni kashf qiling

Qiziqarli va ta’lim beruvchi o‘yinchoqlar bolalarnig ijodiy fikrlash qobilyatini shakllantiradi. 2022 yil dekabr oyida «leapfrog.com» saytida bolalar uchun mo‘ljallangan  “Sehrli sarguzashtlar mikroskopi” namoyish etildi. Mikroskop 200 martagacha kattalashtirish imkoniyatiga ega. Uning ko‘rinishi  o‘yinchoqqa o‘xshasa ham, haqiqiy mikroskopdan hech ham farq qilmaydi. Sehrli sarguzashtlar mikroskopi turli xildagi gullar, hayvonlar, oziq-ovqat, minerallar va boshqa narsalarning maxsus suratlaridan foydalanib ularni  yaqindan ko‘rish imkonini beradi. Shuningdek, u qayta ishlatiladigan suratlar to‘plamiga ham ega. Buday turdagi o‘yinchoqlar bolalarning qiziqishini to‘liq  rag‘batlantiradi  va fanlarni oson o‘zlashtirishiga katta yordam beradi. 

2023-08-02 07:43:31