Stiv Jobsning yaqinlari uning merosiga bag‘ishlangan raqamli arxiv yaratdilar


Apple asoschisi Stiv Jobsning do‘stlari va oilasi tadbirkor va ixtirochi merosini saqlab qolish uchun 2022 yil 30 avgust kuni «Stiv Jobs arxivi» deb nomlangan  saytni ishga tushirdi.

Ayni paytda saytdagi ma’lumotlar miqdori anchagina oz — unda Jobsning o‘ziga qarata yozilgan hamda insoniyatga bo‘lgan muhabbatiga bag‘ishlangan maktubi, shuningdek, video va audio yozuvlar bilan bir nechta ajoyib iqtiboslar mavjud.


Ma’lum qilinishicha, sayt Stivga tegishli tarixiy materiallar ombori bo‘lib xizmat qiladi, ularning ba’zilari ilgari hech qachon nashr etilmagan. Stivning turmush o‘rtog‘i Loren Pauell Jobs ijodkorlar alohida e’tiborni moddiy artefaktlarga emas, balki Jobsni harakatga keltirgan g‘oyalar va tushunchalarga qaratganini ta’kidladi.

Bulardan tashqari, Stiv Jobs qadriyatlarini aks ettiruvchi dasturlar, stipendiyalar va to‘plamlar yaratiladi. 


2023-08-02 07:33:01