Petoi Bittle – dasturlashni o‘rganish uchun ajoyib robot it

«Petoi» kompaniyasining rasmiy sayti «Petoi Bittle» nomli  dasturlashni o‘rganish uchun ajoyib robot it yaratilganligi haqida xabar berdi.

 «Petoi Bittle»-  kaft kattaligida dasturlashtiriladigan to‘rt oyoqli robot it bo‘lib u yurishi, emaklashi, aylanishi va orqa oyoqlarida tikka turishi mumkin. “Bittleni Petoi” mobil ilovasi (iOS va Android) va Bluetooth yordamida robot itni sozlash va boshqarish mumkin. 

Bittle ko‘plab dasturlash va sozlash imkoniyatlariga ega bo‘lgan ochiq manbali OpenCatda ishlaydi. Bu platforma dasturlashni o‘rganayotganlar uchun mo‘ljallangan. Bolalar robot itni ishga tushirish uchun  CodeCraft dan  foydalanishi yoki Python va C++  tillari orqali o‘zlari mustaqil ravishda kod yozishlari mumkin. 

Dasturlashni o‘rganish istagida bo‘lgan yoshlar “Petoi Bittle” robot itini Amazon shopdan 329 $ga xarid qilishlari mumkin.

2023-08-02 07:26:55