«Tech Advisor» sayti 2023 yilning bolalar uchun eng yaxshi kodlash va STEM o‘yinchoqlari ro‘yxatini e’lon qildi.
Ro‘yxatda dasturlash, robototexnika va elektronikani o‘z ichiga oluvchi qiziqarli STEM o‘yinchoqlari sanab o‘tilgan. Ular orasidagi ajoyib o‘yinchoqlardan biri «Code rocket» bo‘lib, bu ajoyib raketa aslida uchmasa-da, u bolalarni dasturlash sohasiga qiziqtirish va kodlashni oson o‘zlashtirishiga katta yordam beradi.
Bolalar Scratch, Hour of Code yoki Blockly kabi blok tillari bilan kodlashni boshlaydilar. Ularning dasturlash sohasidagi bilimlari oshgani sari ular xuddi NASA dasturchilari kabi matnga asoslangan kodga (C++) o‘tishlari mumkin. Ajoyib dizaynga ega bo‘lgan raketada LED chiroqlari, tugmalar va ovoz karnaylari mavjud.
Bolalar Windows, Mac yoki Chromebook kompyuterlaridan foydalangan holda raketaning LED chiroqlarini va ovoz effektlarini nazorat qiluvchi kodlarni mustaqil ravishda yozishlari va sinovdan o‘tkazishlari mumkin. Bugungi kunda ularni Amazon shop orqali 69$ ga xarid qilishingiz mumkin.
https://www.techadvisor.com/article/723603/best-coding-and-stem-toys-for-kids-2022.html