O‘zlashtirishda nuqsoni bor bolalarga robotlar dars beradi

2023 yil 21 fevral kuni  «WATERLOO NEWS» saytining  xabar  berishicha, Vaterloo universiteti muhandis olimlari o‘rganishda nuqsoni bo‘lgan bolalar bilan ishlash uchun kichik bir robot yasashdi. U o‘quvchilarga yaxshiroq o‘zlashtirishga va o‘quv jarayoniga ko‘proq e’tibor qaratishiga  ko‘maklashadi.

Muhandis olimlar ko‘p yillardan buyon nogiron va ruhiy kasalliklarga(disgrafiya, disleksiya, diskalkuliya) chalinganlarga yordam beradigan robotlar ustida ishlab kelmoqdalar. Robot o‘qitishdan tashqari bolalarning fe’l-atvorini ham kuzatib boradi. Bolalar mashg‘ulotdan chalg‘isalar robot hazil va topishmoqlar bilan ularni e’tiborlarini mashg‘ulotga qaratishga yordam  berish bilan bir qatorda qisqa o‘yinlar va bir qator jismoniy mashqlarni ham olib bora oladi.

 https://uwaterloo.ca/news/media/robot-helps-students-learning-disabilities-stay-focused


2023-08-02 07:17:40