Xiaomi o‘zining birinchi aqlli “Mijia Smart Fish Tank” akvariumini 2022 yil 28 dekabr kuni «Xiaomi Youpin crowdfunding » platformasida namoyish etdi. «Mi Home» ilovasidan foydalangan holda baliqlarni oziqlantirish, ozuqa miqdori va berish grafigini belgilash va nazorat qilish mumkin. Bundan tashqari, akvariumda suv nasosi, yoritish moslamasi, filtrlash tizimi va harorat sensori bor - undan olingan ma’lumotlarni akvarium mustaqil ravishda tashqi tomondagi kichik ekranda ko‘rsatish bilan bir qatorda mobil ilovaga ham yuboradi. Akvariumda turli xil rejimlarda ishlaydigan yoritish moslamasi ham mavjud bo‘lib yorug‘lik miqdorini ilova orqali o‘zingiz istagandek o‘zgartirish imkoniyatiga ega bo‘lasiz.
Birgina tugmani bosish orqali akvarium suvini nasos bilan to‘kib tashlashlari mumkin. Nasos aqlli rejimda ishlaganligi uchun suv o‘tlari va ozuqa qoldiqlarini avtomatik tarzda tozalaydi. Shu sababli, suvni olti oygacha almashtirish shart emas.
https://lifehacker.ru/umnyj-akvarium-xiaomi