Tafsilotlarni tekshiring!
Hozirgi kunda kattalar ham firibgarlar tuzog’iga tushib, noto'g'ri qarorlar qabul qilishadi, bunga sahifadagi reklamalarning ko'pligi va hamma narsani bepul, tez va hozir taklif qiladigan "jozibali sarlavhalar" xizmat qiladi.
Firibgarlar uchun o’lja bo'lmaslik uchun siz:
• biror bir ma’lumotni uni taqdim etishning tafsilotlari va usullarini solishtirish uchun boshqa manbalardan shunga o'xshash ma'lumotlarni qidiring;
• qarindoshlaringiz, do'stlaringiz va tanishlaringizdan ushbu ma'lumotning rost yoki yo'qligi to'g'risida surishtiring.
Noma'lum odamlar bilan aloqa qilmang!
Sizga noma'lum shaxsning har qanday shilqimlik qilib yozishi, shuningdek, tez-tez so'rovlar yuborishi va sizdan ko'proq shaxsiy fotosurat yuborishni so'rab murojaat qili yozishlari Sizdan ushbu shaxs bilan yozishmalarni yoki muloqotni to'xtatish va ushbu foydalanuvchini blokirovka qilish uchun yetarli dalil hisoblanadi.
Murakkab parollardan foydalaning!
Oddiy parolni nafaqat eslab qolish, balki uni buzish ham juda oson. Shu munosabat bilan, parol qo’yayotganingizda quyidagilarni hisobga oling:
• katta va kichik harflar, raqamlar va belgilardan iborat murakkab kombinatsiyalardan foydalaning;
• xakerlar yoki buzg’unchilar boshqa profillaringizga kira olmasligi uchun turli saytlar uchun turli xil parollardan foydalaning.
Veb-saytlarlardan foydalanishda ehtiyot bo'ling!
Firibgarlar tomonidan qo’llaniladigan eng mashhur va o’ziga xos usullardan biri Fishing (hamma tez-tez ishlatadigan saytga juda o'xshash soxta sayt) usulidir. Bu saytlardada maxfiy ma'lumotlaringizni kiritib, siz Internet-firibgarlarga aldanib qolishingiz mumkin. Shuning uchun siz veb-saytlar bilan ishlayotganda ehtiyot bo'lishingiz va sayt manziliga e'tibor berishingiz kerak. Ularning Internet manzili to'g'ri manzildan 1-2 harf bilan farq qilishi mumkin, masalan, " Odnoklassniki.ru " - Odnoklassniki.ry yoki Ok.ru o'rniga Ok.ry
Soxta profillarni ajrata oling!
Soxta shaxsni yaratgan va undan muloqot qilish uchun foydalanadigan shaxsni tanib olish hozirda ma'lum qiyinchiliklarni keltirib chiqaradi. Biroq, shubhali akkauntning bir nechta rasmiy belgilari mavjud:
• suhbatdoshning do'stlarining kamligi yoki umuman yo'qligi;
• doimo sizning savol va takliflarizga rozi bo'lishi yoki tasdiqlashi, ko'pincha "ha, men ham", "menda ham bor edi", "biz sizga juda o'xshashmiz" kabi narsalarni yozishi;
• shilqimlik, suhbatdoshdan bu haqda to'g'ridan-to'g'ri so'ralganidan keyin ham u suhbatni to'xtatishni istamasligi;
• bolaga nisbatan sezilarli yosh farqi .
Muloqot vaqtida xushmuomala bo'lishni unutmang!
Har qanday sharoitda, muloqot jarayonida, hatto yolg'on bo'lsa ham, qo'pol bo'lmaslik va odobsiz so'zlarni ishlatmaslik kerak. To'g'ri yozish va his-tuyg'ularni ushlab turish kerak. Agar suhbat sizga yoqmasa, siz kompyuteringizni yopishingiz yoki smartfoningizni o'chirib qo'yishingiz mumkin.
Ohirgisi, Eng asosiysi
Internet reallikka qaraganda ancha keng texnologiyalardan biridir.
Shu munosabat bilan, virtual makonda siz hayotdagi nomaqbul xatolarni qilmasligingiz kerak. Sizning shaxsiy makoningizga kirishga bo’lgan har qanday urinish haqida ota-onangizga xabar berishingiz lozim, ular vaziyatni tartibga solishga yordam beradi, shuningdek, to'g'ri qaror qabul qiladi va sizni tahdidlardan himoya qiladi. Eng muhimi,doimo yodingizda bo’lsinki, har qanday vaziyatni ota-onangizga aytishdan qo'rqmang. Zero ular sizga eng yaqin do’st va himoyachidir!