“Apple” asoschisi - Stiven Pol (Stiv) Jobs - Amerikalik tadbirkor, sanoat dizayneri va axborot-texnologiyalari davrining kashfiyotchisi 1955 yil 24-fevral AQSHning Kaliforniya shtatida tug‘ilgan. “Apple” korporatsiyasi asoschilaridan biri, direktorlar kengashi raisi va bosh direktori. “Pixar” kinostudiyasining asoschilaridan biri va bosh direktori.
1970 yillarning ohirida Stiven Jobs va Stiv Voznyaklar birgalikda shaxsiy kompyuterlardan birini yaratdilar va uni “Apple II” deb nomladilar. Stiven Jobs tashabbusi bilan yaratilgan “Apple” mahsuloti brendga aylandi, keyinchalik Stiven Jobs sichqoncha bilan boshqariladigan “Apple Liza” kompyuterlarini, bir yil o‘tib esa biz bilgan “Macintosh Mac” kompyuterlari yaratdi.
1985 yilda direktorlar kengashi bilan hokimiyat uchun kurashda mag‘lub bo‘lgach, Jobs “Apple”ni tark etdi va universitetlar va biznes uchun kompyuter platformasini ishlab chiqaruvchi “NeXT” kompaniyasiga asos soldi. 1986 yilda u “Lucasfilm”ning studiyasini sotib olib, unga “Pixar” nomini berdi. 2006 yilda studiya “The Walt Disney Company” tomonidan “Pixar” sotib olindi, bu esa Jobsni eng yirik xususiy aksiyadorga hamda “Disney” direktorlar kengashi a’zosiga aylantirdi.
1997 yilda Stiven Jobs yana “Apple” korporatsiyaga qaytib keldi va “Apple” kompaniyasini bankrotlikdan olib chiqib ketdi. Keyingi 10 yil ichida Jobs “iMac”, “iTunes”, “iPod”, “iPhone” va “iPad”ni, shuningdek “Apple Store”, “iTunes Store”, “App Store” va “iBookstore”ning rivojlantirdi.
Stiven Jobs “Apple” kompaniyasini 2011 yilda dunyoning eng qimmat kompaniyasiga aylantirdi va shu yilda og‘ir kasallik sababli vafot etdi.