“Facebook” asoschisi - Mark Elliot Sukerberg

“Facebook” asoschisi - Mark Elliot Sukerberg. Amerikalik biznes magnati, internet tadbirkori va xayriyachi 1984 yil 14 may AQSHning Nyu-York shtatida tug‘ilgan. U “Facebook”  ijtimoiy media veb-sayti va uning bosh kompaniyasi “Meta” platformasi asoschisi sifatida tanilgan va hozirgi raisi hamda bosh ijrochi direktori, nazorat paketi egasi. 

Sukerberg o‘rta maktabda kompyuterlardan foydalanishni va dasturlashni boshladi. Maktab davrida u uyi bilan otasining ishxonasi o‘rtasidagi barcha kompyuterlar bir-biri bilan aloqa qilish imkonini beruvchi dastur yaratdgan. Sukerberg o‘rta maktabda o‘qib yurgan yillarida “Synapse Media Player” deb nomlangan musiqa pleyerini yaratish ustida ishlagan.

Biroz vaqt o‘tgach, u “Fasemash” deb nomlangan dastur yaratdi. Bu talabalarga fotosuratlar orasidan eng chiroyli odamni tanlash imkonini beradigan dastur edi. Avvaliga saytga ikkita yigit va ikkita qizning rasmi joylashtirilardi. Saytga kirganlar esa, ulardan kim “yaxshiroq” ekanligini tanlab, eng ko‘p ovoz yig‘gan fotosurat egasi, g‘olib bo‘lish sharti belgilangan edi.

Sukerberg Garvard universitetida o‘qib kelishi davomida, 2004 yil fevral oyida xonadoshlari Eduardo Saverin, Endryu Makkollum, Dastin Moskovis va Kris Xyuz bilan birga “Facebook”ni yaratishadi. 

Dastlab bu sayt kollej va shaharchalardagi odamlarni onlayn muloqot qilish uchun ishga tushirilgan bo‘lsada, tez orada u yigit va qizlar suratlari bilan to‘ldirilib kengaydi va 2012 yilda ijtimoiy tarmoq foydalanuvchilari soni 1 milliardga yetib dunyoga ommalashdi. 

Shunday qilib, 2007 yilda Sukerberg 23 yoshida dunyodagi eng yosh milliarderga aylandi. Bugungi kunda Sukerberg o‘z mablag‘larini ko‘plab xayriyalarga ishlatib kelmoqda.